
- 5
- 18.09.2026 17:31:00
- 1 мин оқу
Pokistonning Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Xaybar-Paxtunxva viloyatining Koxat shahrida masjid yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa juma namozi vaqtida yuz bergan.
Portlovchi moddalar ortilgan avtomobil politsiya majmuasi hududidagi masjid kirish qismiga borib urilgan. So‘ng otishma ham yuz bergan. Hozircha kamida 15 kishi halok bo‘lgani, 50 dan ortiq odam jarohatlangani ma’lum.
Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani sababli qurbonlar soni oshishi mumkin. Hujum uchun hozircha hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.