Hindistonda erkak 5 yildan beri tik turib yashamoqda

Hindistonda erkak 5 yildan beri tik turib yashamoqda
  • 1
  • 15.06.2026 17:57:00
  • 1 мин оқу

Hindistonda Daulat Giri Ji Maharaj ismli erkak “xada tapasya” deb nomlanuvchi diniy qasam sababli besh yildan buyon tik turib ibodat qilmoqda. Uning maqsadi — 12 yil davomida shunday ibodat qilish orqali ma’naviy yuksalishga erishish va Shivaga xudosiga bag‘ishlangan ruhiy kuchga ega bo‘lish.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak hatto dam olish paytida ham o‘tirmaydi va maxsus tayanch yordamida uxlaydi. Shu sababli uning oyoqlarida shish, qorayish va qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan. Mahalliy ibodatxona ko‘ngillilari esa unga yordam berib, oyoqlarini parvarish qilib kelishmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News