
- 0
- 04.07.2026 11:22:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qo‘shnisining avtomobilini qo‘lidagi buyum bilan qasddan zarar yetkazgani aks etgan video keng tarqaldi.
Biroq u zamonaviy avtomobillarda yaqin atrofdagi harakatni avtomatik qayd etuvchi videokuzatuv tizimi mavjudligini hisobga olmagan. Natijada uning harakatlari avtomobil kameralariga yozib olingan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Hodisa qayerda va qachon sodir bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.