
- 0
- 16.07.2026 14:50:00
- 1 мин оқу
Germaniyaning Berlin shahrida 68 yoshli erkak ayollarni uyqu dorisi bilan behush holatga keltirib, ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tergovga ko‘ra, elektrik bo‘lib ishlagan erkak onlayn tanishuv ilovalari orqali ayollar bilan tanishgan. U ularga spirtli ichimlik va uyqu dorisi berib, behush holatga keltirgach, zo‘rlab, jinoyatni videoga olgan.
Hozirgacha u 14 nafar ayolni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Prokuratura esa qurbonlar soni 58 nafargacha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ayni paytda 30 nafar jabrlanuvchining shaxsi aniqlangan, qolganlari bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Erkakning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida jinsiy jinoyatlarga oid videolar topilgan. U 2026-yil mart oyida hibsga olingan.