
- 0
- 30.07.2026 11:52:00
- 1 мин оқу
Prezident qaroriga ko‘ra, maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo markazlarida kitob do‘konlari tashkil etish majburiy bo‘ladi.
Shuningdek, “Toshkent kitob tijorat” uyushmasiga a’zo tadbirkorlarga aholi gavjum joylar, bozorlar, yirik savdo markazlari va shohko‘chalarda yengil konstruksiyali kitob do‘konlari hamda Book cafe ochishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, poytaxtdagi 24 soat faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob ko‘chalari” tashkil etiladi. Mazkur tartib Prezidentning Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qarorida belgilangan.