Putinning tug‘ilgan kunida Ukrainaga keng ko‘lamli zarbalar berildi

Putinning tug‘ilgan kunida Ukrainaga keng ko‘lamli zarbalar berildi
  • 9
  • 07.10.2026 15:00:00
  • 1 мин оқу

Rossiya Vladimir Putinning 74 yoshga to‘lishi munosabati bilan tunda Ukraina bo‘ylab keng ko‘lamli raketa va dronlar hujumini uyushtirdi.
Hujumlar Kiyev, Dnepropetrovsk, Kremenchuk, Zaporojye, Chernigov va boshqa hududlarga qaratilgan. Kremenchuk GESiga 10 dan ortiq raketa urilgani, Kiyev yaqinidagi Tripolskaya IES va bir qator yirik elektr podstansiyalariga ham zarbalar berilgani aytilmoqda.
Kiyevning bir nechta tumanlarida kuchli yong‘inlar yuzaga kelgan. Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgani xabar qilindi. Zaporojyeda esa ayrim ko‘priklarga zarba berilib, harakat cheklangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlar Ukrainadagi harbiy-sanoat korxonalari, qanotli raketa va uzoq masofali dronlarni ishlab chiqarish hamda saqlash obyektlariga qaratilganini bildirdi. Shuningdek, Odesa viloyatidagi port va kemalarni ta’mirlash infratuzilmasi ham nishonga olingani aytilgan. Hujumlar oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi yaralangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News