Qirg‘iziston Xitoydan 25 yil muddatga 305 mln dollar kredit oladi

Qirg‘iziston Xitoydan 25 yil muddatga 305 mln dollar kredit oladi
  • 0
  • 19.05.2026 17:37:00
  • 1 мин оқу

Qirgʻiziston Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Xitoydan 305 million dollar imtiyozli kredit oladi. Qayd etilishicha, kredit 25 yil muddatga berilib, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik foiz stavkasi 1,5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, ajratilayotgan mablag‘ning 35 foizi grant ko‘rinishida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mumiy qiymati qariyb 5 milliard dollar deb baholanayotgan loyiha doirasida asosiy qurilish ishlari Qirgʻiziston hududida amalga oshiriladi. Bu yerda temiryo‘lning eng murakkab uchastkalari qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, Oʻzbekiston hududidagi infratuzilma ta’mirlanib, modernizatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, loyiha bo‘yicha uch davlat — Qirg‘iziston, Xitoy va O‘zbekiston tomonidan qo‘shma korxona tashkil etilgan. Unda Qirg‘izistonning ulushi 24,5 foizni tashkil etadi. Ushbu ulush davlat byudjeti hamda Xitoy kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News