
- 4
- 04.06.2026 16:23:00
- 1 мин оқу
Qirg‘iziston o‘z tarixida ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylandi. Mamlakat 2027–2028-yillarda Kengash tarkibida faoliyat yuritadi.
BMT Bosh Assambleyasidagi ovoz berishda Qirg‘iziston Osiyo-Tinch okeani guruhi kvotasi uchun kechgan bahsda Filippinni ortda qoldirib, 142 ovoz to‘pladi. Shu tariqa, Qirg‘iziston Markaziy Osiyodan Qozog‘istondan keyin BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangan ikkinchi davlatga aylandi. Avval Qozog‘iston 2017–2018-yillarda ushbu organ tarkibida faoliyat yuritgan.
Qirg‘iziston 2027-yil 1-yanvardan boshlab Kengashdagi ishini boshlaydi va xalqaro tinchlik, nizolarni muzokaralar orqali hal etish hamda ekologik xavfsizlik masalalarini ilgari surishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.