
- 0
- 04.08.2026 18:26:00
- 1 мин оқу
Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Sindao port shahrida joylashgan logistika omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda saqlangan rezina va sellyuloza mahsulotlari yonib, shahar uzra qalin qora tutun ko‘tarilgan. Mahalliy hokimiyat yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruv xizmatlari jalb etilib, yong‘inning kengayib ketishining oldi olindi.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.