
- 6
- 06.10.2026 09:25:00
- 1 мин оқу
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Qorasuv-6 dahasida joylashgan kompyuterxona yerto‘lasida yovvoyi maymun saqlanayotgani aniqlandi.
Holat Ekopolitsiya xodimlari reydi davomida aniqlangan. Maymun uning xavfsizligi va keyingi parvarishini ta’minlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Ekologiya boshqarmasi yovvoyi hayvonlarni tegishli sharoit va mutaxassislar nazoratisiz saqlash ularning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, aholi xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligini eslatdi.