
- 2
- 11.09.2026 10:22:00
- 1 мин оқу
2001-yil 11-sentabr kuni AQSH tarixidagi eng yirik teraktlardan biri sodir bo‘ldi. “Al-Qoida”ga aloqador 19 nafar terrorchi to‘rtta yo‘lovchi samolyotini egallab oldi. Ikki samolyot Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minoralariga, yana biri Pentagon binosiga urildi. To‘rtinchi samolyot esa Pensilvaniyada qulab tushdi. Hujumlar oqibatida 2 977 kishi halok bo‘ldi.
Ammo 11-sentabrning oqibatlari faqat AQSH bilan cheklanib qolmadi. Bu voqeadan so‘ng dunyodagi siyosiy va xavfsizlik vaziyati tubdan o‘zgardi. AQSH terrorizmga qarshi global kurash boshlaganini e’lon qildi. Oradan bir oy o‘tib, 2001-yil oktabrida AQSH va uning ittifoqchilari Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga qarshi harbiy amaliyotni boshladi. 2003-yilda esa AQSH boshchiligidagi koalitsiya Iroqqa bostirib kirdi. Bunga Iroq ommaviy qirg‘in qurollariga, jumladan kimyoviy va biologik qurollarga ega ekani haqidagi da’volar asos qilib ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday qurollar topilmadi. Urush Saddam Husayn hokimiyatining ag‘darilishiga olib keldi.
Shu tariqa, 2001-yil 11-sentabr voqeasi XXI asr geosiyosatida yangi davrni boshlab berdi. Terrorizmga qarshi kurash, urushlar, xavfsizlik siyosati va xalqaro munosabatlarda keskin o‘zgarishlar aynan shu voqeadan keyin yangi bosqichga chiqdi. Oradan 25 yil o‘tdi. Ammo 11-sentabr nafaqat minglab insonlar hayotini olib ketgan kun, balki butun dunyoning siyosiy manzarasini o‘zgartirib yuborgan sana sifatida tarixda qoldi.