
- 2
- 20.06.2026 18:01:00
- 1 мин оқу
Turkiyaning Istanbul shahrida M4 metro yo‘nalishida harakatlangan poyezd Bostanji bekati yaqinida relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.
Voqeadan so‘ng hududga tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmatlari yuborilgan. Yo‘lovchilar poyezddan evakuatsiya qilinib, bir muddat tunnel bo‘ylab piyoda harakatlanishga majbur bo‘lgan. Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.