Tunda o‘quvchi qizga ishqiy xabar yozgan maktab maslahatchisi qamaldi

Tunda o‘quvchi qizga ishqiy xabar yozgan maktab maslahatchisi qamaldi
  • 0
  • 09.07.2026 11:11:00
  • 1 мин оқу

Sirdaryoda “Kelajak” markazi xodimi, maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga tungi vaqtda Telegram orqali ishqiy mazmundagi xabarlar yozgani uchun sud tomonidan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi. Bu haqda

Maktab maslahatchisi 16 yoshga kirgan o‘quvchi qizga maktabning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini yuritib berishi bahonasi bilan murojaat qilib, qizga nisbatan tungi soatlarda ishqiy mazmundagi xabarlar yoza boshlagan. Biroq sud majlisida xodim qilmishini tan olmasdan ish bo‘yicha taqdim etilgan dalillarni rad qilishga uringan.

Sud majlisida o‘quvchi qizning qonuniy vakili sifatida ishtirok etgan onasi maktablarda bunday xodimlarga o‘rin bo‘lmasligini ta’kidlab, suddan ushbu pedagogga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Maktab maslahatchisi sud majlisida o‘quvchi qiz va uning oila a’zolaridan kechirim so‘ragan.
Sud xodimni aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News