Samarqandda texnikum talabalari YPX xodimini haqoratlab, qochib ketdi

Samarqandda texnikum talabalari YPX xodimini haqoratlab, qochib ketdi
  • 7
  • 20.10.2026 14:35:00
  • 1 мин оқу

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitning YPX xodimini haqorat qilib, qochib ketgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, yigitlar boshqargan avtomobil ijaraga olingan bo‘lgan. Ular YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni haqorat qilgan va xodimni obro‘sizlantiruvchi so‘zlar aytib videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Tekshiruv davomida ularning texnikum talabalari ekani aniqlangan. Holat yuzasidan ular tahsil olayotgan ta’lim muassasasida tanqidiy muhokama o‘tkazilgan.

To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News