💍 Hindistonda sevishganlar rossiyalik ruferlarning harakatini takrorlamoqchi bo‘lishdi

💍 Hindistonda sevishganlar rossiyalik ruferlarning harakatini takrorlamoqchi bo‘lishdi
  • 1
  • 07.07.2026 15:07:00
  • 1 мин оқу

Rossiyalik ruferlarning Nyu-Yorkdagi xavfli chiqishidan ilhomlangan hindistonlik sevishganlar qishlog‘idagi eng baland inshoot — yuqori kuchlanishli elektr uzatish minorasiga chiqishdi.
Ular romantik video suratga olmoqchi bo‘lgan, ammo mahalliy aholi politsiyaga xabar bergach, yoshlar xavfsiz tarzda pastga tushirildi.
Mutaxassislar esa yana bir bor ogohlantirdi: yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalariga chiqish o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyul kuni rossiyalik ruferlar Anjela Nikolau va Ivan Birkus Nyu-Yorkdagi Empire State Building binosi cho‘qqisida “Marry me” uyushirgandi. Shundan so‘ng, ular qo‘lga olinib, ularga nisbatan sakkizta ayblov e’lon qilingandi. Sud jarayoni 24-avgustga belgilangan.

💬 Sizningcha, ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar bunday tavakkal qilishga arziydimi?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News