Elektr iste’moli bo‘yicha tarixiy rekord: bir kunda 14 GVt

Elektr iste’moli bo‘yicha tarixiy rekord: bir kunda 14 GVt
  • 0
  • 21.07.2026 18:43:00
  • 1 мин оқу

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 20-iyul kuni O‘zbekiston yagona elektr energetika tizimida elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatildi.
Soat 17:22 holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 14 GVt, ishlab chiqarish hajmi esa 14,2 GVtni tashkil etdi. Vazirlik bu ko‘rsatkichlar mamlakat elektr energetikasi tarixidagi eng yuqori natija ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, rekord darajadagi iste’molga so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli jazirama sabab bo‘lgan. O‘tgan hafta havo harorati ayrim hududlarda 49 darajagacha ko‘tarilgan edi. 20–21-iyuldan boshlab esa respublika bo‘ylab havo harorati asta-sekin pasaya boshladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News