Braziliyada vertolyotlar to‘qnashdi: Oliver Tri halok bo‘ldi

Braziliyada vertolyotlar to‘qnashdi: Oliver Tri halok bo‘ldi
  • 1
  • 15.06.2026 11:46:00
  • 1 мин оқу

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida ikki vertolyot havoda to‘qnashib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida amerikalik xonanda Oliver Tri ham borligi ma’lum qilindi.
Hodisa 14-iyun kuni sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng vertolyotlardan biri elektromobillar avtosaloni avtoturargohiga qulab tushib, yong‘in kelib chiqqan va o‘nlab avtomobillar zarar ko‘rgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida argentinalik bloger Gaspar Prim ham bo‘lgan. Hozirda aviahalokat sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News