Issiq 21-iyuldan pasaya boshlaydi

Issiq 21-iyuldan pasaya boshlaydi
  • 0
  • 18.07.2026 10:38:00
  • 1 мин оқу

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda anomal issiq 21-iyuldan boshlab asta-sekin chekina boshlaydi.
Prognozlarga ko‘ra, dam olish kunlari havo harorati yanada ko‘tarilib, kunduz kunlari 42–45 daraja, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46–48 darajagacha yetadi.
20-iyul kuni respublikaning aksariyat hududlarida ekstremal issiq saqlanib qoladi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda havo harorati pasaya boshlaydi.
21-iyuldan esa butun mamlakat bo‘ylab havo harorati 6–9 darajaga pasayishi kutilmoqda. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News