Issiq kuchayadi: ayrim hududlarda harorat +48 darajagacha ko‘tariladi

Issiq kuchayadi: ayrim hududlarda harorat +48 darajagacha ko‘tariladi
  • 0
  • 16.07.2026 12:55:00
  • 1 мин оқу

18–20-iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Shu sabab ayrim hududlarda havo harorati 46–48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida kunduzgi harorat 43–45 daraja, janubiy va cho‘l hududlarida esa 46–48 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, shamol tezligi soniyasiga 13–18 metr, ayrim joylarda esa 20–22 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Mutaxassislar fuqarolarga kunning eng issiq vaqtlarida uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, ko‘proq suyuqlik ichish hamda bolalar va keksalar salomatligiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News