
- 0
- 15.07.2026 11:20:00
- 1 мин оқу
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida bir oilaning uch nafar a’zosida quturish kasalligi aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu tumanda yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro 10-iyul kuni xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Epidemiologik surishtiruv davomida uni taxminan bir oy avval tulki bolasi tirnagani aniqlangan. Bemor 11-iyul kuni vafot etgan. Uning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, mazkur hududda istiqomat qiluvchi uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlar ularda quturish kasalligining klinik belgilari aniqlanmaganini ma’lum qildi. Hozirda, ular tibbiy nazoratga olinib, profilaktik emlash ishlari amalga oshirilmoqda.