
- 8
- 09.09.2026 18:00:00
- 1 мин оқу
Migratsiya agentligi xorijdan O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlariga biznesini tashkil etish yoki kengaytirish uchun 60 mln so‘mgacha grant ajratadi.
Dastur Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda va Shvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Grantlar tanlov asosida beriladi.
Tanlovda 2025–2026-yillarda xorijda ishlagan va O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar qatnashishi mumkin. Ayollarning ishtirokiga alohida e’tibor qaratiladi. Loyihalarni saralashda quyidagi mezonlarga ustuvor ahamiyat beriladi:
🔹biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oya;
🔹yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati;
🔹korxonaning barqarorligi va samaradorligi.
Arizalar 21-sentabrgacha ushbu havola orqali qabul qilinadi.