Janubiy Koreya sobiq bosh murabbiyi mamlakatni tark etdi

Janubiy Koreya sobiq bosh murabbiyi mamlakatni tark etdi
  • 0
  • 06.07.2026 10:43:00
  • 1 мин оқу

Janubiy Koreya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Hong Myon Bo Jahon chempionatidan qaytganidan ikki kun o‘tib, AQSHga jo‘nab ketdi.
JCH-2026da Janubiy Koreya guruh bosqichidan chiqa olmagach, murabbiy iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng internetda unga nisbatan o‘lim tahdidlari tarqaldi, aeroportda esa muxlislar uni hushtakbozlik bilan haqoratlab kutib olishdi.
Hong Myon Bo jamoa ichidagi kelishmovchiliklar haqidagi mish-mishlarni rad etib, natija uchun barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini bildirdi. U AQSHdan qachon qaytishi hozircha noma’lum.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News