
- 0
- 28.07.2026 17:55:00
- 1 мин оқу
Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Le Porge shahrida yuz bergan kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida 100 dan ortiq uy yonib ketdi. Olov o‘rmon va tabiiy hududlarni qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirish ishlariga minglab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnikalar, samolyot hamda vertolyotlar jalb etilgan. Xavfsizlik chorasi sifatida qariyb 220 ming kishi o‘z uylaridan evakuatsiya qilingan. Hozircha yong‘in sababli halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar soni ochiqlanmagan. Mutaxassislar yong‘inning tez tarqalishiga kuchli jazirama, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va shamol sabab bo‘lganini bildirgan.