
- 1
- 07.07.2026 12:04:00
- 1 мин оқу
Andijon shahrining “Qayrag‘ochtosh” mahallasida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekjonova 5 nafar egizakni dunyoga keltirdi. Qayd etilishicha, ayol ko‘p homilalik tashxisi bilan Andijon shahar 2-son tug‘uruqxonasiga yotqizilib, shifokorlar tomonidan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan. Chaqaloqlarning 3 nafari qiz va 2 nafari o‘g‘il bo‘lib, ularning vazni 1450, 1605, 1495, 1585 va 1205 grammni tashkil etadi. Hozirda ona hamda besh nafar chaqaloq shifokorlar nazoratida bo‘lib, ularning ahvoli qoniqarli ekani bildirilgan.