
- 0
- 10.07.2026 18:32:00
- 1 мин оқу
Xitoyning janubi-sharqidagi poyabzal fabrikasida yirik yong‘in chiqib, oqibatda 28 kishi halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning birinchi qavatida boshlanib, poyabzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan yonuvchan yelim va boshqa materiallar sabab tez tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Xitoy raisi Si Szinpin qutqaruv ishlarini maksimal darajada kuchaytirishni ta’kidlab, yong‘in sabablarini tezkor aniqlash hamda aybdorlarni qat’iy javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriqlar bergan.