
- 8
- 30.06.2026 15:08:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokiga munosabat bildirdi.
Davlat rahbari AQSH va Meksikada bo‘lib o‘tgan mundial o‘yinlari futbolchilar uchun katta tajriba bo‘lganini va terma jamoani ortiqcha tanqid qilish o‘rinli emasligini ta’kidlab, shunday dedi:
“Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolariga ortiqcha his-tuyg‘u bilan e’tiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim”.
Shuningdek, davlat rahbari katta g‘alabalar hali oldinda ekanini bildirib, futbolni rivojlantirish, ayniqsa bolalar futboliga e’tiborni kuchaytirish, sohaga investitsiyalarni oshirish va kelasi yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AFC Asian Cupga tayyorgarlikni hozirdan boshlash zarurligini qayd etdi.