
- 5
- 19.09.2026 10:15:00
- 1 мин оқу
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 37 kishi holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan shifokorlarga murojaat qildi. Ulardan 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, fuqarolar Navro‘zshoh ko‘chasidagi fastfud shoxobchalaridan birida tayyorlangan hotdog va nonburger mahsulotlarini iste’mol qilgan.
Hozirda bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olingan.
Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv davom etmoqda. Mazkur fastfud shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.