
- 16
- 10.10.2026 16:11:00
- 1 мин оқу
AQSHning Florida shtati gubernatori 50 yil avval sodir etilgan qotillik uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan 74 yoshli Tompsonning qatl etilishiga oid orderni bekor qildi. Gubernator mazkur qaror sabablarini ochiqlamagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tompson 1976-yilda Salli Ivester ismli ayolning o‘ldirilishida sherigi bilan birgalikda aybdor deb topilgan. U o‘sha yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Biroq, uning jazosi bekor qilingan va u 1982 hamda 1987-yillarda qatl etilishdan saqlab qolingan. U 1989 yilda esa yana o‘lim jazosiga hukm qilinib, shundan buyon o‘lim jazosini kutayotgan mahbuslar safiga kiritilgan.
Hozirda, Tompson demensiya va jiddiy kognitiv buzilishlardan aziyat chekmoqda. Mutaxassis u qatlning mohiyati va sababini anglash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyatini yo‘qotganini ma'lum qilgan.