
- 0
- 04.06.2026 11:58:00
- 1 мин оқу
Kongo Demokratik Respublikasining sharqidagi Ituri provinsiyasida Ebola virusini yuqtirgan 11 nafar bemor izolyatordan qochib ketdi. Mutaxassislar bu holat kasallikning yanada keng tarqalish xavfini oshirayotganini bildirmoqda.
Shuningdek, Ebola qurbonini dafn etayotgan tibbiyot xodimlariga hujum uyushtirilgani sababli jasad solingan tobut tashlab ketilgan. Bu esa virus tarqalishi xavfini yanada kuchaytirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kongo va qo‘shni Ugandada Ebola bilan bog‘liq 344 ta holat hamda 60 ta o‘lim laboratoriya orqali tasdiqlangan.
Ebola — o‘ta xavfli virusli kasallik bo‘lib, inson tanasidagi suyuqliklar orqali yuqadi va og‘ir asoratlar hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga olib kelishi mumkin.