
- 0
- 22.05.2026 10:18:00
- 1 мин оқу
Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Turgen darasi yaqinida yo‘l bo‘yida yurgan “zebralar” ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hayvonlar egasi sayyohlarni jalb qilish maqsadida oq eshaklarni xavfsiz bo‘yoq bilan zebra shakliga keltirgan.
Holat yuzasidan viloyat politsiyasi tekshiruv boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonlarning sog‘lig‘iga zarar yetmagan.