Qo‘qonda 10 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH tafsilotlar ochiqlandi

Qo‘qonda 10 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH tafsilotlar ochiqlandi
  • 6
  • 23.05.2026 11:33:00
  • 1 мин оқу

Avvalroq voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar qizaloqni urib yuborib, ulardan birining umriga zomin bo‘lgandi. IIV ushbu YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20-may kuni 9-sinf o‘quvchisi bobosiga tegishli Malibu-2 avtomobilini ruxsat bilan olib chiqqan. U mashinani yuvishga ketayotganini aytgan, biroq keyinchalik avtomobilda ko‘chaga chiqib ketgan va piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 3-sinfda o‘qiydigan uch nafar qizni urib yuborgan. Oqibatda 10 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan, yana ikki qiz shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri reanimatsiyada qolmoqda.
Voyaga yetmagan yigit haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganini bildirgan. Uning bobosi esa avtomobil kalitini nevarasiga o‘zi berganini aytib, bundan pushaymon ekanini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voyaga yetmagan haydovchi ushlangan, tergov davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News