Soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘i va BP departamenti sobiq o‘rinbosariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘i va BP departamenti sobiq o‘rinbosariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
  • 3
  • 21.09.2026 12:22:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga oshirildi.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan ayblanmoqda.
Nasimjonov 2021–2026-yillarda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2026-yil yanvar oyida prezident yig‘ilishida uni lavozimidan olish va faoliyatini o‘rganish topshirilgan.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Gʻaniyev ham mansab vakolatini suiiste’mol qilish va qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha sudlanmoqda.
Har ikki ish bo‘yicha sud majlisi 21-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News