
- 3
- 10.09.2026 17:13:00
- 1 мин оқу
Toshkent shahrida 14-sentabrdan 21-oktabrgacha ayrim hududlarda sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
“Toshkent shahar suv ta’minoti”ga ko‘ra, o‘chirishlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari sabab amalga oshiriladi.
Ayrim hududlarda suv bosimi pasayishi yoki suv vaqtincha bo‘lmasligi mumkin. Suv o‘chiriladigan manzillarga maxsus avtomashinalarda ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Avvalroq Toshkentda 14-sentabrdan 16-oktabrgacha issiq suv ta’minoti ham rejali ravishda vaqtincha o‘chirilishi ma’lum qilingandi.
Sovuq suv ta’minoti o‘chiriladigan sana va manzillarni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.