Xitoyda 2027-yilda to‘liq robotlashtirilgan mehmonxona ishga tushadi

Xitoyda 2027-yilda to‘liq robotlashtirilgan mehmonxona ishga tushadi
  • 7
  • 29.06.2026 14:39:00
  • 1 мин оқу

Xitoyda dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan mehmonxona qurilmoqda. Loyiha 2027-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Yangi mehmonxonada mehmonlarni kutib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish, yuklarni xonalarga yetkazish, xonalarni tozalash, qahva tayyorlash va nonushta tortish kabi xizmatlarning barchasini robotlar bajaradi. Shuningdek, ular mehmonlarga turli tillarda xizmat ko‘rsatishi va xonaga buyurtmalarni yetkazib berishi mumkin bo‘ladi.

Majmua Shenchjen-Chjunshan o‘rtasidagi sun’iy orolda barpo etilmoqda. Unda turli kompaniyalar ishlab chiqargan robotlar yagona tizim orqali o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Loyihaning dastlabki bosqichida ayrim murakkab vazifalarni xodimlar bajarishda davom etadi. Biroq, 2030-yilga borib mehmonxonani to‘liq robotlashtirish rejalashtirilgan.

Mehmonxonada Pudu Robotics kompaniyasining xizmat ko‘rsatuvchi robotlaridan foydalaniladi. Robotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va murakkab qarorlar qabul qilish jarayonlari bilan esa, hozircha odamlar shug‘ullanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News