ChatGPT o‘g‘rilarga Avstraliyadagi hashamatli uyni topishga yordam berdi

ChatGPT o‘g‘rilarga Avstraliyadagi hashamatli uyni topishga yordam berdi
  • 4
  • 10.09.2026 10:50:00
  • 1 мин оқу

Fransiya fuqarolari Avstraliyaning Kanberra shahridagi hashamatli buyumlar saqlanadigan uyni sun’iy intellekt yordamida aniqlab, o‘marib ketgan. O‘g‘rilik 2025-yil oktabr oyida sodir bo‘lgan. To‘rt nafar bosqinchi derazani sindirib, uydan dizaynerlik taqinchoqlari, sumkalar va soatlarni olib ketgan. Bir necha kundan so‘ng ular Sidney shahridagi fastfud restoranida qo‘lga olingan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, o‘g‘rilar jabrlanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaridan foydalanib, uyning manzilini aniqlagan. Sun’iy intellekt gullayotgan olcha daraxti Kanberrada ekanini aniqlashga yordam bergan. Shuningdek, o‘g‘rilar ChatGPT’dan foydalanib, hovuz va tennis korti aks etgan surat orqali uyning joylashuvini topgan. O‘g‘irlangan buyumlarning dastlabki qiymati 10 million dollar deb baholangan. Biroq sudda ularning qiymati 2 million dollargacha kamaytirilgan, chunki buyumlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi yetarli hujjatlar taqdim etilmagan.
O‘g‘rilar aybini to‘liq tan olgan. Ish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News