
- 18
- 07.10.2026 17:21:00
- 1 мин оқу
Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro ortidan Centrum Air styuardessasi reysga chiqarilmagan bloger komil_vlogs bilan uchrashib, undan uzr so‘radi.
Avvalroq yo‘lovchi styuardessadan o‘zbek tilida murojaat qilishni so‘ragani va shundan keyin ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, bloger samolyotga chiqarilmagani aytilgandi. Kompaniya esa yo‘lovchi bort kuzatuvchisini haqorat qilgani va yo‘lovchilar samolyotga chiqayotgan vaqtda uning ishiga xalaqit bergani sababli samolyot komandiri uni parvozga qo‘ymaslikka qaror qilganini ma’lum qilgandi.
Keyinchalik aviakompaniya vakillari yo‘lovchi bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qildi. Uchrashuvda styuardessa o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘radi. Bloger ushbu holatni o‘zining Instagram sahifasida ulashdi.