
- 6
- 17.10.2026 12:05:00
- 1 мин оқу
Britaniyalik yengil atletikachi Nik Kouts noodatiy marafon o‘tkazdi. Sportchi ruhiy salomatlik muammolari va o‘z joniga qasd qilish holatlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida Albaniyadan Turkiyagacha 37 kun davomida yugurib o‘tgan.
Qayd etilishicha, Nik Kouts “Sukunatni buz” shiori ostida yo‘lga chiqib, Gretsiya orqali qariyb 1700 kilometr masofani bosib o‘tgan. U kuniga o‘rtacha 45–50 kilometr yugurgan. Kouts Turkiyaning Urgup shahriga yetib kelganida “Salomon Kapadokya Ultra Trail” xalqaro musobaqasi tashkilotchilari tomonidan kutib olingan.
Sportchi safar davomida jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarga duch kelganini, biroq, oilasi, do‘stlari, uch mamlakatdagi notanish insonlar hamda ijtimoiy tarmoqdagi obunachilarining qo‘llab-quvvatlashi unga katta dalda bo‘lganini ma'lum qilgan.