
- 2
- 16.06.2026 16:41:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash doirasida 10 mingdan ortiq shubhali bank kartalari bloklanib, 1,72 trillion so‘m mablag‘ning noqonuniy yechib olinishi to‘xtatib qolindi. Qayd etilishicha, IIV Markaziy bank va Bosh prokuratura hamkorligida yagona onlayn platforma ishga tushirilgan bo‘lib, u orqali shubhali bank kartalari 24 soat ichida bloklanmoqda. Tizim antifrod-monitoring va fuqarolar murojaatlari asosida tezkor choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda.
Natijada, yil boshidan buyon 10,25 mingta karta bloklangan va 1,72 trillion so‘m mablag‘ saqlab qolingan. Shu bilan birga, firibgarlik bo‘yicha murojaatlar soni ilk bor 6 foizga kamaygan. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda sun’iy intellekt asosidagi “Card-block” va “Turon” tizimlari ham joriy etilgan. Bundan tashqari, “Cyber Shield” platformasi yordamida 385 ta fishing dasturi bloklanib, 500 mingdan ortiq fuqaroning qurilmalari va mablag‘lari himoya qilingan.