
- 0
- 24.07.2026 12:58:00
- 1 мин оқу
Qozog‘istonda Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Baxitjon Bayjanov amnistiya asosida muddatidan oldin ozod qilindi.
Sud uning jazosining qolgan qismi uch oydan sal ko‘proq ekanini inobatga olib, zudlik bilan ozod etish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Bayjanovning advokati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 9-noyabr kuni Ostonadagi BAU restoranida Saltanat Nukenova o‘ldirilgan edi. Sud uning turmush o‘rtog‘i, Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandiq Bishimbayevni qotillikda aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Bayjanov esa jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga qamalgandi.