
- 0
- 23.07.2026 19:01:00
- 1 мин оқу
Yangi Meksikadagi avtomagistral yaqinida ayiq elektr ustunining eng tepasiga chiqib olgan. Buni tasvirga olgan haydovchilar ham ko‘zlariga ishonishmadi. Voqea guvohlari 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan. Dispetcherlar esa ayiqni tinchlantiruvchi dori bilan uxlatish uning balandlikdan qulashiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytib, unga tegmaslikni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, voqea haqida yovvoyi tabiat mutaxassislariga xabar berilgan va qutqaruvchilar yuborilgan. Biroq biroz vaqtdan so‘ng ayiqning pastga qulab tushgani aytilgan. Keyinchalik Yangi Meksika Yovvoyi tabiat boshqarmasi ayiq qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar olgan og‘ir jarohatlari oqibatida nobud bo‘lganini ma’lum qildi.