
- 3
- 10.09.2026 10:43:00
- 1 мин оқу
Apple iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max, iPhone Duo, AirPods 5, Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 modellarini taqdim etdi.
iPhone 18 Pro — $1 199, iPhone 18 Pro Max — $1 299. Oldindan buyurtma 12-sentabrda, sotuvlar 18-sentabrda boshlanadi.
iPhone Duo — Apple’ning ilk bukiladigan smartfoni. Narxi $1 999 dan boshlanadi.
AirPods 5 — $129, simsiz quvvatlash g‘ilofi bilan $149.
Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 yangi sog‘liqni kuzatish funksiyalari bilan taqdim etildi. Ularning narxi hozircha e’lon qilinmagan.
Yangi iPhone modellari A20 Pro chipi va takomillashtirilgan kamera bilan jihozlangan. iPhone Duo esa ochilganda 7,6 dyuymli ekranga ega bo‘ladi.