“Andijon devzira oshi” ham patentlandi

“Andijon devzira oshi” ham patentlandi
  • 0
  • 06.06.2026 10:25:00
  • 1 мин оқу

“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu osh turi uzoq yillik oshpazlik an’analari va o‘ziga xos tayyorlash usuli bilan ajralib turadi. Taom asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan devzira guruchidan tayyorlanadi.
Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish rangi, zich donalari va yuqori sifati bilan mashhur. U oshga o‘ziga xos ta’m, xushbo‘ylik va dona-dona tuzilish beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News