Universitetlarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi

Universitetlarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi
  • 7
  • 16.10.2026 18:14:00
  • 1 мин оқу

Kelasi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, har yili 50 nafar yoshga xorijiy universitetlarda tahsil olish uchun davlat granti ajratiladi.
Bu haqda Prezidentning yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yangi energiya obyektlarining samarali faoliyati malakali mutaxassislarga bog‘liq. Shu maqsadda Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridagi texnikumlarni jihozlab, yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishni boshlamoqda.
Davlat rahbari boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga jalb etishga chaqirdi. Ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida investorlarga hududlardagi texnikumlarni boshqaruvga berish taklif etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News