Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
  • 0
  • 27.07.2026 12:30:00
  • 1 мин оқу

“Manchester Siti” O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi 2031-yilning yoziga qadar Angliya klubi safida to‘p suradi.

Husanov 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Klub uning qisqa vaqt ichida jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Yangi shartnomadan so‘ng Husanov bu voqeani o‘zi va oilasi uchun katta faxr ekanini bildirib, jamoa muvaffaqiyati uchun bor kuchini ishga solishda davom etishini aytdi. Sport direktori Ugo Viana esa o‘zbekistonlik himoyachining salohiyatini yuqori baholab, uning kelgusida ham klubga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News