
- 14
- 01.10.2026 13:49:00
- 1 мин оқу
AQSHning Tennessi shtatida o‘lim jazosiga hukm qilingan 50 yoshli Krista Paykning qatl etilishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Unga o‘limga olib keluvchi preparat — pentobarbitalning ikki dozasi yuborilganiga qaramay, tirik qolgan. Ayol shifoxonaga olib ketilgan.
Qatl 30-sentabr kuni o‘tkazilishi kerak edi. Biroq ijroga bir soat qolganida federal apellyatsiya sudi jarayonni vaqtincha to‘xtatgan, keyinchalik bu qaror bekor qilingan va qatl davom ettirilgan.
Tennessi Jazoni ijro etish departamenti qatl paytida belgilangan protokolga amal qilinganini ma’lum qildi. Departament bayonotiga ko‘ra, amaldagi protokolda bajarilgan jarayondan keyingi qo‘shimcha choralar ko‘zda tutilmagan.
Shtat rasmiylari voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan. Paykning keyingi taqdiri bo‘yicha ijro 2026-yil oxirigacha qoldirilgan.
Payk 1995-yilda 18 yoshida 19 yoshli Kollin Slemmerni o‘ldirishda aybdor deb topilgan va 1996-yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan. U Tennessi shtatidagi o‘lim jazosiga hukm qilingan yagona ayol mahbus edi.