
- 46
- 22.09.2026 16:41:00
- 1 мин оқу
Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan saylovda Die Linke partiyasi 25,7 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu partiyaning Berlin tarixidagi eng yuqori natijasi bo‘ldi.
Partiyaning 45 yoshli nomzodi Elif Eralp turkiyalik migrantlar oilasidan chiqqan. U saylovoldi kampaniyasida asosan uy-joy va ijara narxlarining yuqoriligi masalalariga e’tibor qaratgan.
Biroq Die Linke ko‘pchilikni mustaqil ravishda shakllantira olmagani sababli Eralpning Berlin meri bo‘lishi hali yakuniy hal etilmagan. Buning uchun u boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishi va Berlin parlamenti deputatlarining ko‘pchilik ovozini olishi kerak.
Agar Eralp bu lavozimni egallasa, u Berlinning migrant kelib chiqishiga ega ilk boshqaruvchi meri va turkiy kelib chiqishli ilk ayol meri bo‘ladi.