Singapurda davlat xizmatchilariga juft topib beradigan platforma ishga tushirildi

Singapurda davlat xizmatchilariga juft topib beradigan platforma ishga tushirildi
  • 8
  • 01.10.2026 11:43:00
  • 1 мин оқу

Singapurda 21–35 yoshdagi davlat xizmatchilari uchun FirstDate nomli maxsus tanishuv platformasi ishga tushirildi. Tashabbus mamlakatda tug‘ilish darajasi rekord darajada pasaygani fonida amalga oshirilmoqda.
Platforma foydalanuvchilarning qiziqishlari, odatlari va qadriyatlari haqidagi ma’lumotlar asosida ularga mos juft topishga yordam beradi. Bunda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan matematiklar Lloyd Shapli va Devid Geyl ishlab chiqqan algoritmdan foydalaniladi.
Hozircha loyiha sinov bosqichida bo‘lib, faqat davlat xizmatchilari uchun ochiq. Ayrimlar tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar davlat xizmatchisi bo‘lmagan fuqarolar va 35 yoshdan kattalar qamrab olinmaganini tanqid qilgan.
Platformaning kelajakda keng jamoatchilik uchun ham ochilishi hozircha noma’lum.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News