
- 11
- 03.10.2026 13:01:00
- 1 мин оқу
Meksikaning Monterrey shahrida jonli efirda reportaj tayyorlayotgan muxbir va operatorni avtomobil urib ketdi. Voqea kuchli yomg‘irdan keyingi ko‘chki oqibatlarini yoritish vaqtida yuz bergan. Muxbir yo‘ldagi vaziyat haqida gapirayotgan paytda, nam yo‘lda harakatlangan avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina sirpanib, yo‘l chetida turgan jurnalistlar tomon kelib, ularni urib yuborgan. Zarba oqibatida muxbir va operator avtomobil bilan tosh devor orasida qisilib qolgan. Hodisa ayni paytda jonli efirda bo‘lgani uchun voqeaning o‘zi ham kameraga tushgan va to‘qnashuvdan so‘ng efir uzilib qolgan. Ikki jurnalist ham shifoxonaga olib ketilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ahvoli barqaror va hayotiga xavf yo‘q.
Avtomobil haydovchisi esa hodisadan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.