JCH-2026 finalidan so‘ng maydonda janjal chiqdi

JCH-2026 finalidan so‘ng maydonda janjal chiqdi
  • 0
  • 20.07.2026 14:15:00
  • 1 мин оқу

JCH-2026 finali yakunlangach, Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes Ispaniya futbolchilari bilan janjallashdi.
Paredes avval himoyachi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushlagan, so‘ng esa yarim himoyachi Gavini itarib yuborgan. Mojaroni har ikki jamoa futbolchilari bartaraf etdi. Hakam Paredesning harakatini qo‘pol xatti-harakat deb baholab, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

JCH-2026 finalida Ispaniya qo‘shimcha bo‘limlarda Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempioniga aylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News