
- 0
- 13.07.2026 17:40:00
- 1 мин оқу
Xitoyda sayyohlar tashlab ketgan plastik idishlarni muntazam yig‘ib yuradigan ota va uning olti yoshli o‘g‘li ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ular asosan dam olish kunlarini tog‘dagi chiqindilarni tozalashga sarflashadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odat dastlab bolaning telefonga qaramligini kamaytirish maqsadida boshlangan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ushbu harakat tabiatni asrash va farzandga mehnatsevarlik hamda ekologik mas’uliyatni amalda o‘rgatadigan oilaviy an’anaga aylangan. So‘nggi sayohatlaridan birida ota va o‘g‘il qariyb to‘rt soat davomida 166 ta bo‘sh plastik idish yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Ular to‘plagan chiqindilarini qo‘shimcha daromad topish uchun plastik chiqindilar yig‘adigan tozalik xodimlariga bepul tarqatishgan.